AsosiyJamiyat

Namanganda qalbaki pul muomalasiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Chortoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki pul muomalasi fosh etildi.

'Namanganda qalbaki pul muomalasiga chek qoʻyildi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan shaxs “shartli xaridor”ga 200 dona 100 ming so‘mlik va 125 dona 200 ming so‘mlik kupyuradan iborat jami 45 mln so‘m qalbaki pulni 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, uning yonidan qo‘shimcha ravishda 5 mln so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar ham topilgan.

Tekshiruv davomida gumonlanuvchining yashash xonadonidan noutbuk, rangli printer, bo‘yoqlar va qog‘ozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, usbu fuqaro muqaddam ham xuddi shunday jinoyat uchun sudlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar