AsosiyJamiyat

Metan zapravkalari odatdagi ish rejimiga qachon qaytishi ma'lum bo'ldi.

Energetika vazirligi respublika boʻylab metan zapravkalar faoliyatiga joriy etilgan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinishini maʼlum qildi.

'Metan zapravkalari odatdagi ish rejimiga qachon qaytishi ma'lum bo'ldi.'ning rasmi

Vazirlik xabariga ko‘ra, 11 fevral kuni soat 9:00 dan boshlab barcha hududlarda, jumladan vodiylar viloyatlarida ham metan zapravkalar odatdagi ish tartibida faoliyat yurita boshlaydi.

Avvalroq, havo haroratining keskin pasayishi sabab 20 yanvardan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilgandi.

2 fevraldan esa ushbu cheklovlar qisman yumshatilib, zapravkalarga soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlashga ruxsat berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar