AsosiyJamiyat

Samarqandda ijara olingan xonadonda “hujra” tashkil qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Ushbu fuqaro "hujra"da noqonuniy diniy ta'lim berib kelganligi aniqlandi.

'Samarqandda ijara olingan xonadonda “hujra” tashkil qilgan shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining bergan xabariga ko‘ra, DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro Urgut tumani “Do‘stlik” mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, “hujra” tashkil qilganligi holati fosh etildi.

Aniqlanishicha, maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va tegishli ruxsatnoma olmagan mazkur shaxs moddiy manfaatorlik evaziga, 2011-2016 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 7 nafar o‘g‘il bolalarga noqonuniy diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2292-moddasi 2-qismi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun havo harorati 9-11 daraja iliq bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:07

    Bugun havo harorati 9-11 daraja iliq bo‘ladi

    7 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tartibi takomillashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.02.2026 16:37

    Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tartibi takomillashtiriladi

    Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

    '2026 йилда Рамазон ойи 19 февралда бошланади'ning rasmi

    Jamiyat 06.02.2026 14:47

    2026 йилда Рамазон ойи 19 февралда бошланади

    Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hay’ati qaroriga ko‘ra, 2026 yilda muqaddas Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, payshanbaga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuni nishonlanishi kutilmog‘da.

    'Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 06.02.2026 13:55

    Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov nomidan sportchilar va sport hamjamiyati vakillariga soxta xabarlar yuborilayotgani maʼlum qilindi.

    'Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yilga taqiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 06.02.2026 13:48

    Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yilga taqiqlandi

    Qozog‘istonlik mashhur standapchi Nurlan Saburovga Rossiya Federatsiyasiga 50 yil muddatga kirish taqiqlandi.