AsosiySiyosat

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Maulen Ashimbaev bilan nimalarni muhokama qildi?

'Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Kecha, 5 fevral kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

Maulen Ashimbayev bilan Suhbat samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida oliy darajadagi o‘zaro ishonch va yaqin muloqotga asoslangan munosabatlar ancha jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik. Quvonarlisi, 2025 yil ikki tomonlama hamkorlik uchun muhim va samarali bosqich bo‘ldi, — deya qayd etadi Mirziyoyeva.

Shuningdek, u parlamentlararo muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari haqida ham suhbat bo‘lganini bildiradi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonaman,— deya yozadi Prezident administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyevni Islomoboddda Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari kutib oldi.'ning rasmi

    Siyosat 05.02.2026 13:14

    Shavkat Mirziyoyevni Islomoboddda Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari kutib oldi.

    O‘zbekiston Prezidentining Pokistonga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    'Oʻzbekiston Prezidenti Pokistonga yoʻl oldi'ning rasmi

    Siyosat 05.02.2026 08:25

    Oʻzbekiston Prezidenti Pokistonga yoʻl oldi

    Shavkat Mirziyoyev 5 fevral kuni Pokistonga davlat tashrifi bilan jo‘nab ketdi.

    'Mirziyoyev Shayx Zoid mukofoti marosimida Aliyev va Pashinyanni tabrikladi'ning rasmi

    Siyosat 05.02.2026 07:28

    Mirziyoyev Shayx Zoid mukofoti marosimida Aliyev va Pashinyanni tabrikladi

    Kecha Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" xalqaro mukofoti taqdimo‘ti bo‘lib o‘tdi.

    'Urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangi vazifalar belgilandi'ning rasmi

    Siyosat 03.02.2026 14:19

    Urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangi vazifalar belgilandi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlarni joriy etish boyicha taqdimot bilan tanishdi.

    'Oʻzbekistonda koʻmir qazib olish 11 million tonnaga yetkaziladi'ning rasmi

    Siyosat 03.02.2026 03:13

    Oʻzbekistonda koʻmir qazib olish 11 million tonnaga yetkaziladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir va uran sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaqin istiqboldagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

    'Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

    Siyosat 30.01.2026 14:44

    Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

    Prezident qarorlari bilan davlat boshqaruvi organlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sohasida qator yangi lavozimlar belgilab berildi.