Turkiya yetakchisini Ar-Riyoddagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportida Saudiya amiri shahzoda Faysal bin Bandar ol Saud, Saudiya Arabistonining Anqaradagi elchisi Fahad bin Asad Abuannasr va boshqa yuqori martabali rasmiylar kutib olishdi.
Erdo‘gan tashrifi davomida rafiqasi Amina Erdo‘gan, vazirlar va yuqori lavozimli maslahatchilar bilan "Al-Yamama" podshoh saroyiga yo‘l oldi.
Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi kutilmogda.






