AsosiySport

Oʻzbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi

Futzalchilar chorak finalda Eronga mag'lub bo'ldi.

'Oʻzbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi'ning rasmi

Bugun, 3 fevral kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi chorak final uchrashuvida maydonga tushdi.

Nodir Eliboyev shogirdlari mazkur bahsda Eron terma jamoasiga qarshi o‘ynab, 4:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvda hisobni dastlab Ixtiyor Ropiyev ochdi, keyin esa Elbek To‘lqinov ikkinchi gol muallifi bo‘ldi. Biroq, eronliklar tez orada javob qaytarib, o‘yinda ustunlikni qo‘lga oldi va jami olti bor darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim yakuniga yaqin Sunnatilla Jo‘rayev va Muzaffar Ahajonov hisobni qisqartirdi, ammo oraliqni tenglashtirishga bu yetarli bo‘lmadi. Bahsdagi oxirgi golni ham Eron terma jamoasi kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston 4:7 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziya mezbonligida o‘tayotgan Osiyo kubogining "C" guruhida 4 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab, chorak finalga chiqqan edi.

    Boshqa yangiliklar