AsosiyJamiyat

Metan zapravkalari qayta ish boshlandi

2 fevraldan boshlab respublika bo‘ylab metan zapravkalari belgilangan vaqt oralig‘ida faoliyat yuritadi.

'Metan zapravkalari qayta ish boshlandi'ning rasmi

Energetika vazirligi ma'lum qilishicha, bugun — 2 fevraldan e'tiboran metan zapravkalari soat 10:00 dan 16:00 gacha ochildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysida metan zapravkalarining ish vaqti hududiy hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimi darajasidan kelib chiqib belgilanadi.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob'ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika hamda jamoat transportlari uchun gaz ta’minoti cheklovsiz va barqaror tarzda etkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni havo harorati keskin pasaygani sababli metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etilgandi.

    Boshqa yangiliklar