AsosiyJamiyat

Erta­dan “Open byudjet”ning 2026 yilgi ilk mavsumi start oladi.

G‘olib loyihalar 21 mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

'Erta­dan “Open byudjet”ning 2026 yilgi ilk mavsumi start oladi.'ning rasmi

“Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi 1-mavsumi boshlanmoqda. Bugun, 31 yanvardan 1 fevralga o‘tar kechasi soat 00:00 dan “Tashabbuskor xalq uchun – yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ilk mavsumi boshlanadi.

Ushbu mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi – yubiley mavsum hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21 mart – Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Xabaringiz bor, 2026 yildan boshlab “Tashabbusli byudjet” doirasida loyihalarni sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda, fuqarolar loyiha qiymatining 50 foiz qismini moliyalashtirsa, qolgan qismi davlat byudjetidan ajratiladi hamda mazkur loyiha avtomatik tarzda g‘olib bo‘ladi. Sherikchilik loyihalari uchun ovoz to‘plash talab etilmaydi.

Qayd etish kerakki, birgalikda moliyalashtirish amaliyoti doirasida loyihalarni sherikchilik asosida amalga oshirish mutlaqo ixtiyoriy hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ehson qutisi o‘g‘irlab ketildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:08

    Toshkentda ehson qutisi o‘g‘irlab ketildi.

    Qutini o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi.

    'Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi o‘lgani rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:01

    Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi o‘lgani rad etildi

    Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar o‘z tasdiqini topmadi.

    'Toshkentdagi Aviator Korzinka savdo majmuasida yong‘in yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:32

    Toshkentdagi Aviator Korzinka savdo majmuasida yong‘in yuz berdi

    31 yanvar kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan Aviator Korzinka binosida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

    'Кореядаги ёнғин: Ўзбекистон фуқароси бедарак йўқолди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:25

    Кореядаги ёнғин: Ўзбекистон фуқароси бедарак йўқолди

    Yomg‘ir vaqtida zavodda ishlayotgan 83 nafar xodimdan 81 nafari o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan.

    'Ramos endi raqibini urgani bilan ham kartochka olmaydigan kasb topdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:23

    Ramos endi raqibini urgani bilan ham kartochka olmaydigan kasb topdi

    "Real Madrid"ning sobiq sardori Serxio Ramos futbol maydonini tark etdi va endilikda ringga ko‘chdi. 39 yoshli futbolchi blogger va kikbokschi Endryu Teyt bilan boks jangida ishtirok etadi.

    'Oʻzbekistonning qator togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:02

    Oʻzbekistonning qator togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

    “O‘zgidromet” ma’lum qilishicha, 31 yanvar hamda 1–3 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sabab respublika tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.