AsosiyJamiyat

Buxorodagi ikki qavatli uyda gaz portladi

Ҳодиса оқибатида 2 нафар фуқаро оғир жарҳат олган ва шифохонага жўнатилган.

'Buxorodagi ikki qavatli uyda gaz portladi'ning rasmi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 31 yanvar kuni ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 08:23 da 112 tizimi orqali Qorako‘l tumani “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Sho‘robod ko‘chasida joylashgan ikki qavatli turar joy xonalaridan birida gaz-havo aralashmasining portlashi yuz bergani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga FVV qutqaruvchilari hamda boshqa tegishli xizmatlar yetib borgan. Ayni paytda portlash oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, plitaga ulangan gazdan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz natijasida portlash sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tadbirkorlar uchun jarimalarni toʻlash tartibi yengillashtirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:07

    Tadbirkorlar uchun jarimalarni toʻlash tartibi yengillashtirilishi mumkin

    Jarimaning 50 foizini bir oy ichida to‘lagan tadbirkor qolgan qismidan ozod etilishi taklif qilindi.

    'Termizda bezorilar guruhi qo'lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:34

    Termizda bezorilar guruhi qo'lga olindi

    O‘tkir tig‘li jismlar bilan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:11

    'Turkiya: Isroil bizni yangi dushman sifatida koʻrmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:05

    Turkiya: Isroil bizni yangi dushman sifatida koʻrmoqda

    Ho‘kon Fidan Netanyaxu Turkiyani nishonga olishga urinayotganini ma’lum qildi.

    'Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:33

    Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

    Bugun, 13 aprel kuni Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.