30 yanvar kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Harorat kechasi -3...-5 daraja sovuq, kunduzi +3...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10 daraja sovuq, ba’zi joylarda -13...-15 daraja sovuqqacha, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi havfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuq, kunduzi -4 daraja sovuq, +1 daraja iliq bo‘ladi.
Shuningdek, 29-30 yanvar kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi e’lon qilingan






