AsosiyJamiyat

Эрон Исроил фойдасига жосуслик қилган шахсни қатл этди

Eronda Mossad razvedka xizmati bilan aloqada bo‘lganlikda ayblangan erkakka nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi.

'Эрон Исроил фойдасига жосуслик қилган шахсни қатл этди'ning rasmi

28 yanvar kuni Eron hokimiyati Isroilning Mossad razvedka xizmati foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan erkakni qatl qildi.

Ma’lum qilinishicha, u 2025 yil aprel oyida hibsga olingan bo‘lib, Isroil uchun diversiya ishlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uskunalarni xarid qilishda ham gumon qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobillardan foydalangan.

Bu so‘nggi oylarda Eronda josuslik ayblovi bilan amalga oshirilgan navbatdagi qatl holati hisoblanadi. Ilgari ham bir necha nafar shaxs Isroil foydasiga maxfiy ma’lumotlar uzatganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar