Bektemir Meliqo‘ziyev joriy yilning 22 fevral tongida AQShning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi.
Unga mazkur bahsda Gana vakili Sena Agbeko raqib bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan 29 yoshli Meliqo‘ziyev professional faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
33 yoshli Sena Agbeko esa hisobida 29 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyatga ega.






