AsosiyJamiyat

Surxondaryoda “Alfa” nomli jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatida Telegramda “Alfa” nomli guruh ochib, o‘zlarini shu nom bilan atagan jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

'Surxondaryoda “Alfa” nomli jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, Denov tumanida yashovchi va sportning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanib kelgan 6 nafar shaxs jamoat tartibini buzish va bezorilik bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga aloqador bo‘lgan. Ular Telegram orqali birlashib, o‘zlarini “Alfa” jinoyiy guruhi sifatida tanitgan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 6 yanvar kuni soat 20:50 larda ushbu guruh a’zolari Skoda va Kia avtomashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng Denov tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga borgan. U yerda ular Kia avtomashinasini boshqargan shaxsga nisbatan jismoniy bosim o‘tkazish maqsadida janjal ko‘targan.

Shifoxona ma'muriyati tomonidan tartibni saqlash bo‘yicha ogohlantirishlarga qaramay, guruh a’zolari faol qarshilik ko‘rsatgan, bemorlar va tibbiyot xodimlarining tinchligini buzgan hamda shifokor va jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazgan.

Gumonlanuvchilar — guruh yetakchisi Sunnatullo Xolmuradov (1998 y.t.), shuningdek Elbek Karimov, Bahriddin Jumayev, Azamat Davlatov va Javohir Jo‘rayev ushlanib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmogda.

Ichki ishlar organlari ushbu guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan fuqarolarni 102 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Serjelida uch qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:50

    Serjelida uch qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

    Hozirda hodisa sabablari aniqdanmoqda.

    'Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi prezidentini mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi prezidentini mukofotladi

    Osiyo Olimpiya kengashi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyo qitʼasida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi.

    'Toshkentda narkosavdogar va uning sherigi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:54

    Toshkentda narkosavdogar va uning sherigi qo‘lga olindi

    Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Toshkentda OOK prezidenti saylandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:12

    Toshkentda OOK prezidenti saylandi

    Hozir poytaxtimizda o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasida Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayk Javvon bin Hamad Ol Sony Osiyo Olimpiya kengashi raisi etib saylandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    'Toshkentda 4 ta avtomobil to'qnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:59

    Toshkentda 4 ta avtomobil to'qnashdi

    Hodisa ortidan jarohatlanganlar bor.