AsosiyJamiyat

Chiqindi konteynerida o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi topildi

Istanbul. Millionlar shovqini ichida yana bir inson taqdiri chiqindi konteynerida yakun topdi.

'Chiqindi konteynerida o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi topildi'ning rasmi

24 yanvar oqshomida Shishli tumanida topilgan boshsiz ayol jasadi nafaqat Turkiya jamoatchiligini, balki O‘zbekiston jamiyatini ham larzaga soldi. Chunki marhum — o‘zbekistonlik ayol edi. Bu hodisa oddiy jinoyat emas. Bu — begona yurtda yolg‘iz qolgan ayol, ishonch, zoravonlik va sovuqqonlik bilan sodir etilgan qotillik haqida og‘ir hikoya. Darakchi.uz ushu qotillik tafsilotlarini bir joyga to‘pladi.

Aslida voqea qanday boshlandi?

Joriy yilning 24 yanvar kuni soat 19:40 lar atrofida Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Shishli tumanida chiqindi orasidan buyum terib yurgan fuqaro axlat konteyneridan cho‘yshabga o‘ralgan jasadi ko‘rib qoladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yetib kelganida esa dahshatli manzara oydinlashaadi: jasod ayol kishiga tegishli bo‘lib, uning boshi mavjud emas edi.

Keyinchalik O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruvlar marhumaning shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanini tasdiqladi.

Marhumaning qotili kim?

Turkiya huquq-tartibot idoralari olib borgan tezkor tergov davomida jinoyatga aloqador shaxslar aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, qotillikni 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, qurilish ishchisi sodir etgan. Unga yana biri vatandoshi — 29 yoshli erkak yordam bergan.

Yuzlab kuzatuv kameralari yozuvlari o‘rganilib, gumonlanuvchilarning Gruziyaga qochishga urinishi aniqlandi. Ammo 8 soat davom etgan maxsus operatsiya natijasida ular aeroportda qo‘lga olinadi. Keyinchalik boshqa bir shaxs ham gumonlanuvchi sifatida hibsga olinib, jami qo‘lga olinganlar soni 3 nafarga etadi.

Kim aybdor?

Qo‘lga olingan shaxslardan biri tergov davomida bergan ko‘rsatmasida jinoyat tafsilotlarini ochiq bayon qilgan: "Jabrlanganuvchi bilan o‘sha kuni tanishdik. Oramizda munosabat boshlandi. Keyin janjallashib qoldik. Uni pichoq bilan o‘ldirdim. So‘ng do‘stim bilan birga jasodni Umraniyadagi uyda bo‘laklarga ajratdik. Qismlarni chamadonga solib, Shishliga kelib, turli konteynerlarga tashladik". Tergov jarayonida ayolning boshi va kesilgan oyoqlari hanuz topilmaganligi ma’lum qilindi.

Voqeaga qanday izoh berildi?

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumaning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatgan, ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmogda. Mazkur jinoyat ishi konsulxona tomonidan alohida nazoratga olingan. Ammo bu voqea faqat bir jinoyat ishi bilan tugamaydi.

Afsuski, bu birinchi holat emas

Yodingizda bo‘lsa kerak 2025 yilning 5 iyul kuni Turkiyaning Aydin viloyatidagi restoranda ofitsiant bo‘lib ishlagan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi otishma oqibatida bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etgan edi. Mazkur jinoyat bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida 5 nafar shaxs qo‘lga olingan.

Istanbuldagi bu fojialar — statistik raqam emas, balki bir inson hayotining ayanchli yakunidir. U bizni yana bir bor o‘ylashga majbur qiladi: chet elda mehnat qilayotgan, yolg‘iz yashayotgan ayollar qanchalik himoyalangan? Ish, ishonch va yashash umidi bilan ketilgan yo‘l qanday qilib chiqindi konteynerida tugadi? Bu savollarga faqat tergov emas, jamiyat ham javob izlashi kerak. Fikrlaringizni izohlarda yozib qolding.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda narkosavdogar va uning sherigi qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:54

    Toshkentda narkosavdogar va uning sherigi qo‘lga olindi

    Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Toshkentda OOK prezidenti saylandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:12

    Toshkentda OOK prezidenti saylandi

    Hozir poytaxtimizda o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasida Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shayk Javvon bin Hamad Ol Sony Osiyo Olimpiya kengashi raisi etib saylandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    'Toshkentda 4 ta avtomobil to'qnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:59

    Toshkentda 4 ta avtomobil to'qnashdi

    Hodisa ortidan jarohatlanganlar bor.

    'AQShda kuchli qor boʻroni ortidan 1 milliondan ortiq uy elektrsiz qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:16

    'Erandagi norozilik namoyishlarida 30 minggacha odam halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:48

    Erandagi norozilik namoyishlarida 30 minggacha odam halok bo‘ldi

    Eron bo‘lib o‘tgan omma norozilik namoyishlari vaqtida 30 minggacha odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.