AsosiyJamiyat

Pedofiliya uchun umrbod qamoq joriy etilishi kutilmoqda

Endi ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlari uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi mumkin.

'Pedofiliya uchun umrbod qamoq joriy etilishi kutilmoqda'ning rasmi

O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik kabi jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizimni yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va O‘zbekiston — 2030 strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi” loyihasida nazarda tutildi.

Unga ko‘ra, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga barham berish maqsadida javobgarlik choralari kuchaytirilib, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo choralari belgilanadi.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy va zo‘ravonlikka oid jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining mutlaq vakolatiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar va xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlarni tergov qilish va ko‘rishga ixtisoslashgan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchiga sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

    Boshqa yangiliklar