AsosiyDunyo

Moskva Ramzan Qodirovning o‘limiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Adam Qodiriyning YTHga uchrashidan so‘ng Qodiriyning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlar fonida uning vorisi kim bo‘lishi mumkinligi haqidagi muhokamalar kuchaydi.

'Moskva Ramzan Qodirovning o‘limiga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

So‘nggi haftalarda Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlar fonida uning vorisi kim bo‘lishi mumkinligi haqidagi muhokamalar kuchaydi. Ayrim manbalarga ko‘ra, Grozniy va Moskva Qodirovdan keyingi davr senariylarini jiddiy muhokama qilmoqda, deya yozmoqda "zamon.uz". 

Xabarga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyi oxirida Ramzon Qodirov shoshilinch ravishda Moskvadagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 11 yanvar kuni Ukraina OAVlari razvedka manbalariga tayanib, Checheniston rahbari buyrak yetishmovchiligi bilan og‘ir ahvolda ekanini va uning qarindoshlari Moskva shahriga kelganini ma’lum qilgan.

Kreml va “Yagona Rossiya”ga yaqin manba “Muhim hikoyalar” nashriga bergan izohida Chechenistondagi vaziyat nihoyatda murakkab ekani va federal markaz muqobil yechimlar ustida ish olib borayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov tirik ekan, ochiq siyosiy jarayonlar kuzatilmaydi, biroq hududda ichki jarayonlar qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, ehtimoliy voris shaxs Qodirovlar oilasi xavfsizligini ta’minlay olishi, shuningdek, federal markaz uchun barqarorlikni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli vorislik masalasi Kreml uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda.

Muhokamalarning kuchayishiga Ramzon Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov bilan bog‘liq avtoxalokat ham sabab bo‘lgan. U ayrim axborot manbalarida Chechenistonning kelajakdagi rahbari sifatida tilga olinmoqda. Biroq amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Adam Qodirov 30 yoshga to‘lmaguniga qadar, ya’ni 2037 yilgacha respublikaga rahbarlik qila olmaydi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, muqobil nomzodlar orasida Benoy taypi vakillari hamda Federal xavfsizlik xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan Apti Alaudinov nomi tilga olinmoqda. Kreml hozircha rasmiy bayonot bermagan bo‘lsada, vaziyat Rossiya siyosiy doiralari tomonidan jiddiy baholanmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh tunda Eronga hujum qilishi mumkin — OAV'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:36

    AQSh tunda Eronga hujum qilishi mumkin — OAV

    AQSh harbiy kuchlarining aviatashuvchisi boshchiligidagi maxsus guruh Yaqin Sharq tomonga harakatlanmoqda.

    'HAMAS va AQSh kelishuvga erishgani haqida OAVda xabarlar paydo boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 23.01.2026 16:29

    HAMAS va AQSh kelishuvga erishgani haqida OAVda xabarlar paydo boʻldi

    Kelishuvning muhim jihatlari ochiqlandi. Unga koʻra…

    'Trump Kanada Tinchlik Kengashiga taklifini bekor qildi.'ning rasmi

    Dunyo 23.01.2026 10:29

    Trump Kanada Tinchlik Kengashiga taklifini bekor qildi.

    Mark Karney Davosda o‘tkazilgan Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqib, kichik va o‘rta davlatlar omon qolish uchun AQSh prezidenti bilan yaqinlashishga majbur emasligini ta’kidlagan edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 23.01.2026 08:00

    ''ning rasmi

    Dunyo 22.01.2026 17:50

    ''ning rasmi

    Dunyo 22.01.2026 09:49