AsosiySport

AQSh siyosatiga norozilik sifatida 17 mingga yaqin muxlis JCh chiptalarini qaytardi

AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun olingan chiptalar omma ravishda qaytarilmogda.

'AQSh siyosatiga norozilik sifatida 17 mingga yaqin muxlis JCh chiptalarini qaytardi'ning rasmi

AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun chipta sotib olgan qariyb 17 ming nafar muxlis ularni qaytarib berishga qaror qildi. Bu haqda “Roya News” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur holat AQShning Venesuelaga nisbatan olib borayotgan siyosatiga qarshi norozilik sifatida baholanmoqda. Shuningdek, turnirni boykot qilishga chaqiriqlar kuchaygani FIFAni favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga majbur qilgan.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda xavfsizlik masalalari, siyosiy xavotirlar va muxlislar boykoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Ayni paytda ikkinchi bozorda Jahon chempionati o‘yinlari uchun chiptalar narxi pasayib borayotgani qayd etilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Anchelotti Neymarning JChdag'i ishtirokini shart deb bildi'ning rasmi

    Sport 17.02.2026 08:42

    Anchelotti Neymarning JChdag'i ishtirokini shart deb bildi

    Manbaga ko‘ra, mutaxassis futbolchining ayni paytdagi jismoniy tayyorgarligi va yuqori saviyada o‘ynashga tayyorligini asosiy mezon sifatida ko‘radi.

    'Husanov transferidan keyin O‘zbekiston “Manchester City” uchun strategik bozorga aylandi'ning rasmi

    Sport 16.02.2026 14:02

    Husanov transferidan keyin O‘zbekiston “Manchester City” uchun strategik bozorga aylandi

    Abdulqodir Husanovning Manchester City'ga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi.

    'UFC chempioni Tom Aspinall koʻzlarini operatsiya qildi.'ning rasmi

    Sport 11.02.2026 08:42

    UFC chempioni Tom Aspinall koʻzlarini operatsiya qildi.

    UFCning og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempioni Tom Aspinall Cyril Gangaga qarshi jangda olgan jarohati sabab ikkala ko‘zidan operatsiya qilindi.

    'Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 21-tur ramziy jamoasiga kiritildi.'ning rasmi

    Sport 10.02.2026 10:22

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 21-tur ramziy jamoasiga kiritildi.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Basaksehir” hujumchisi Eldor Shomurodov “Sofascore” tahlqiniga ko‘ra Superliganing 21-turida eng yaxshi futbolchilar qatoridan joy oldi.

    'Oʻzbekiston Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan yakunladi'ning rasmi

    Sport 10.02.2026 08:32

    Oʻzbekiston Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan yakunladi

    Yopiq inshootdagi Osiyo chempionatida Oʻzbekistonlik atletlar 3 ta oltin va 1 ta kumush medal qoʻlga kiritdi.

    'Bahodir Toshmatov Qo‘l jangi federatsiyasiga rais bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 07.02.2026 09:19

    Bahodir Toshmatov Qo‘l jangi federatsiyasiga rais bo‘ldi

    Milliy gvardiya qoʻmondoni Qoʻl jangi federatsiyasiga raisi etib saylandi.