AsosiyJamiyat

Toshkentda qor yog‘ishi sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin

Noqulay ob-havo sharoyiti tufayli poytaxtda jamoat transporti belgilangan harakat jadvalidan chetga chiqishi ehtimoli mavjud.

'Toshkentda qor yog‘ishi sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin'ning rasmi

Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.

Toshkent shahrida ayrim avtobus yo‘nalishlarida yo‘l harakati murakkablashgani va ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida harakatlanish qiyinlashgani sababli transport vositalarining harakat oraliqlari uzayishi mumkin.

Shu munosabat bilan “Toshshahartransxizmat” AJ yengil avtomobil haydovchilarini mavjud yo‘l sharoyitlarini inobatga olishga chaqirdi. Xususan, o‘ta zarurat bo‘lmagan holatlarda shaxsiy transport vositalaridan, ayniqsa, qishki shinalar bilan jihozlanganmagan avtomobillardan foydalanmaslik, shuningdek, tezlik rejimiga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi.

Piyodalarga esa yo‘lning katnov qismidan o‘tishda alohida e’tiborli bo‘lish kerakligi eslatib o‘tildi. Shuningdek, yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida shahar aholisiga imkoniyat darajasida jamoat transportidan foydalanish tavsiya qilindi.

    Boshqa yangiliklar