AsosiyJamiyat

72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi

Bu haqda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.

'72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi'ning rasmi

Qo'shma Shtatlar bugun O'zbekistonga reys amalga oshirib, mamlakatda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo'lmagan 72 nafar o'zbekistonlikni qaytarib yubordi. Bu haqda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur parvoz AQShning chegarа xavfsizligini ta'minlash va noqonuniy immigratsiyaga chek qo'yish bo'yicha navbatdagi tadbirlaridan biri hisoblanadi. Prezident Donald Tramp lavozimga kirishganidan buyon 1000 dan ortiq o'zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilingan.

Elchixona ta'kidlashicha, AQSh hududiga noqonuniy kirgan shaxslar qamoq jazosiga tortilishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Shu bilan birga, AQSh hukumat O'zbekiston bilan deportatsiya tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik uchun chuqur minnatdorligini bildirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

    Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, blogger Sirojiddin Odilov firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq holda gumonlanib qamoqqa olindi.

    'Quvaytdagi 42 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonga tranzit yo‘llar orqali qaytarilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:06

    Quvaytdagi 42 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonga tranzit yo‘llar orqali qaytarilmoqda

    42 nafar yurtdoshamizga O‘zbekiston Migratsiya agentligi tomonidan qaytish aviabiletlari xarid qilindi va ular 11-mart kuni Jidda-Toshkent reysi orqali Vatanimizga etib keladi.

    'Toshkentda “Gelik”ni 200 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:49

    Toshkentda “Gelik”ni 200 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi ushlandi.

    Haydovchiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha jarima maydonchasiga olindi.

    'O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:58

    O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

    Ta'qiqlangan muddat va hududlarda baliq ovlash ma'muriy va jinoyiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

    '2 oyda 8 ta g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya fosh qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:23

    2 oyda 8 ta g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya fosh qilindi.

    Eng koʻp topilgan moddalar qatorida “gashish” bor.

    'Qozog‘iston Yaqin Sharqdan 8,5 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:10

    Qozog‘iston Yaqin Sharqdan 8,5 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi.

    Qozog‘iston Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida xorijdagi fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda.