AsosiyDunyo

Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi

Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, uning qizi Kim Ju Ye raketa dasturi bilan bog‘liq yuqori lavozimni egallagan va harbiylarga ko‘rsatmalar bermoqda.

'Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi'ning rasmi

The Chosun Daily xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘zining 13 yoshli qizi Kim Ju Ega mamlakat yadroviy kuchlari ustidan nazorat vazifasini topshirgan.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Ju E «raketa dasturi bosh direktori» lavozimini egallagan va partiya qurultoyida shu maqomda ishtirok etgan. Shuningdek, u generallardan hisobot qabul qilib, ularga topshiriqlar berayotgani aytilmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Kim Ju E otasi bilan birga muntazam ravishda raketa sinovlarida qatnashmoqda. Janubiy Koreya maxsus xizmatlari uni Kim Chen Inning ehtimoliy vorisi sifatida tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar