AsosiyJamiyat

AQSHda kuchli bo‘ron va tornado: qurbonlar bor

Tabiiy ofat oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi.

'AQSHda kuchli bo‘ron va tornado: qurbonlar bor'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, AQShning Illinoys va Indiana shtatlariga kuchli bo'ron hamda tornado yopirilgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat ayrim hududlarda uy-joylarga jiddiy zarar yetkazgan. Xususan, Chikago shahri janubida favqulodda xizmatlar ko'plab qo'ng'iroqlar tufayli kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda. 10 mart kuni yuz bergan bo'ron oqibatida o'n nafarga yaqin odam jarohat olgan.

Shuningdek, kuchli shamol daraxtlarni qulatib, elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan. Leyk-Villij shahrida esa mahalliy Family Dollar do'koni va yoqilg'i quyish shoxobchasi vayron bo'lgan.

AQSh Milliy meteorologiya xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'rta G'arbning ayrim hududlarida kuchli tornado, vayronkor shamollar va yirik do'l kuzatilgan. 11 mart kuni ertalab Kentucky va Ogayo shtatlarining ayrim hududlarida ham tornado xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

Mahalliy hukumat aholiga yaqinlardan xabar olib turish hamda zarur bo'lmasa safarga chiqmaslikni tavsiya qilgan. Avvalroq, 6 mart kuni Michigan va Oklahoma shtatlarida yuz bergan tornadolar oqibatida olti kishi halok bo'lgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bekoboddа 11 sinf o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:00

    Bekoboddа 11 sinf o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi

    Toshkent viloyatining Bekobod shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi janjal fojia bilan yakunlandi.

    'Sirdaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:15

    Sirdaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi

    Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida kadastr bo‘limi bosh inspektori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Farg‘onada yashirin hujra tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    Farg‘onada yashirin hujra tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

    Bu haqda Farg'ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar qildi.

    'Mirziyoyev kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik loyihalarni jadallashtirishni topshirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:32

    Mirziyoyev kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik loyihalarni jadallashtirishni topshirdi

    Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

    'Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

    Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, blogger Sirojiddin Odilov firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq holda gumonlanib qamoqqa olindi.

    '72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:49

    72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi

    Bu haqda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.