Farg'ona viloyatida noqonuniy diniy ta'lim beruvchi hujra tashkil etgan shaxs fosh etildi. Bu haqda Farg'ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma'lum qilinishicha, tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o'tkazilgan. Tekshiruv davomida yashirin hujrada 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan 17 nafar bola ta'lim olayotgani aniqlandi.
Qayd etilishicha, bolalarning ota-onalari mazkur shaxsga har oy 100–150 AQSh dollari miqdorida pul to'lab kelishgan. O'quvchilarning 14 nafari Qo'qon shahridan, qolganlari esa respublikaning turli hududlaridan kelgan.
Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O'zbekiston Jinoyat kodeksi 229-2-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmogda.






