AsosiyBu qiziq

Navoiyda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib, ikki kishi jarohatlandi.

Navoiy viloyati Tomdi tumanida Navoiy-Zarafshon yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

'Navoiyda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib, ikki kishi jarohatlandi.'ning rasmi

Viloyat YXHB axborot xizmatiga ko‘ra, hodisa 17 yanvar kuni Tomdi tumani "Tomdibuloq" OFY hududidan o‘tuvchi A-379 Navoiy—Uchquduq avtomobil yo‘lining 189–190-kilometrlarida sodir bo‘lgan. Zhong Tong Bus rusumli avtobus harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan.

YXH oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, Zarafshon shahar tibbiyot muassasasiga yetkazilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida ham ushbu tumanda avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, unda inson qurbonlari qayd etilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoy aholisi ketma-ket to'rtinchi yil kamaydi.'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 09:40

    Xitoy aholisi ketma-ket to'rtinchi yil kamaydi.

    2025 yilda Xitoy aholisi 3,39 million kishiga qisqarib, tug‘ilish darajasi mamlakat tarixidagi eng past ko‘rsatkichga tushdi.

    'O‘zbekistonga turistlar oqimi rekord darajaga chiqdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 04:05

    O‘zbekistonga turistlar oqimi rekord darajaga chiqdi

    2025 yilda mamlakarga kelgan xorijiy sayyohlar soni keskin oshib, 11,7 million nafarni tashkil qildi.

    'Hafta boshida ayrim hududlarda qor yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 18.01.2026 18:55

    Hafta boshida ayrim hududlarda qor yog‘adi

    “O‘zgidromet” 19-25 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

    'Bugun qayerlarda qor yog'ishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 16.01.2026 02:49

    Bugun qayerlarda qor yog'ishi aytildi

    “O‘zgidromet” bugun, 16 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 15.01.2026 11:45

    Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 15.01.2026 04:08