AsosiyBu qiziq

O‘zbekistonga turistlar oqimi rekord darajaga chiqdi

2025 yilda mamlakarga kelgan xorijiy sayyohlar soni keskin oshib, 11,7 million nafarni tashkil qildi.

'O‘zbekistonga turistlar oqimi rekord darajaga chiqdi'ning rasmi

Bir yil ichida mamlakatga 11,7 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 47 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, eng ko‘p turlar qo‘shni davlatlardan kelgan: Qirg‘iz Respublikasidan 3,3 million, Tojikiston va Qozog‘istondan esa har biri 2,7 million nafar sayyoh qayd etilgan. Rossiyadan deyarli 1 million turist tashrif buyurgan.

Shuningdek, Afg‘oniston, Turkmaniston, Xitoy va Turkiyadan kelgan mehmonlar soni ham sezilarli darajada oshgan.

Osiyo mamlakatlari orasida Hindiston va Koreya Respublikasidan kelgan turlar ulushi ham qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar