AsosiyJamiyat

Samarqandda er rafiqasini urgani uchun 12 sutka qamoqqa olindi

12 yil davomida turmush o‘rtog‘idan muntazam zo‘ravonlik ko‘rgan ayol sudga murojaat qildi.

'Samarqandda er rafiqasini urgani uchun 12 sutka qamoqqa olindi'ning rasmi

Joriy yilning 9 yanvar kuni Payariq tuman sudida 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro MJtK 59-2-moddasining 2-qismi bilan ayblanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi, deya xabar bermoqda Nemalchi loyihasi.

Undа qayd etilishicha, erkak 2025 yil 21 dekabr kuni rafiqasini choy damlamagani va kitob o‘qib o‘tirgani uchun urgan. Jabrlanuvchi ayol Halimov tomonidan 12 yil davomida muntazam kaltaklanib, uch marta tishlarini yo‘qotganini ta’kidladi.

Sud Halimovga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va har bir kun uchun saqlash xarajatlarini undirish belgilandi.

Bildirilishicha, agar bir yil ichida oilaviy zo‘ravonlik takrorlansa, unga jiddiyroq jazo — jarima, majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari tayinlanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar