AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda YTHlardan halok bo‘lganlar soni kamaydi

2025 yilda mamlakatda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2 188 kishi vafot etdi.

'O‘zbekistonda YTHlardan halok bo‘lganlar soni kamaydi'ning rasmi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan.

O‘zbekistonda 2025 yil davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2 188 nafar inson halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilda qayd etilgan 2 199 nafarga nisbatan kamroq.

Shuningdek, YTHlar sabab 2025 yilda 8 901 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bu ham o‘tgan yilgi (8 931 nafar) ko‘rsatkichdan past.

Mutaxassislar tahlliliga ko‘ra, so‘nggi besh yilda aholi va transport vositalari soni sezilarli oshganiga qaramay, yo‘l-transport hodisalari va ular oqibatidagi o‘lim holatlarida kamayish dinamikasi saqlanib qolmoqda. Xususan, har 100 ming aholiga nisbatan o‘lim ko‘rsatkichi 6,9 tadan 5,7 taga tushgan.

Bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ham samara bergan: 2025 yilda bolalar ishtirokidagi YTHlar soni 2024 yilga nisbatan 171 taga, halok bo‘lgan bolalar soni esa 36 taga kamaygan.

Ma’lumot o‘rnida, 2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida o‘lim bilan bog‘liq YTHlar ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan mamlakat sifatida qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar