AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish va elekt bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya tejash, binolarni modernizatsiya qilish va elekt energiyasi sohasida bozor mekanizmlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

'Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish va elekt bozorini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

14 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya samaradorligini oshirish va elektr ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Xalqaro ekspertlar xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston energiya sarfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatorida turadi. Shu sababli, binolar va ijtimoiy ob’yektlarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar rejalashtirilgan.

Joriy yilda 770 ta ijtimoiy ob’yekt modernizatsiya qilinadi, sanoat korxonalariga quyosh panellari o‘rnatiladi va ichimlik suvi ta’minoti tizimidagi nasoslar yangilanadi. Shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimlari modernizatsiya qilinib, individual issiqlik punktlari o‘rnatiladi.

Elektr tarmoqlarini xususiy sektorga berish, ulgurji bozorni shakllantirish va yagona regulyator tashkil etish ishlari ham davom etmoqda. Prezident energiya samaradorligini oshirish va energetika bozorida raqobat muhitini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi hamda mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar