AsosiyDunyo

Guterriş Erondagi zʻurovlikdan hayratda

BMT Bosh kotibi António Guterres Eronda namoyishchilarga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatilgani haqidagi xabarlardan dahshatga tushganini bildirdi va Tehronni vazminlikka chaqirdi.

'Guterriş Erondagi zʻurovlikdan hayratda'ning rasmi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Eronda davom etayotgan omaviy noroziliklar chog‘ida xavfsizlik kuchlari tomonidan kuch qo‘llanilgani, oqibatda yuzlab odamlar halok bo‘lgani haqidagi xabarlardan hayratda qolganini ma’lum qildi. Unga bayonati 11 yanvar kuni BMT rasmiy saytida e’lon qilindi.

Guterreshga ko‘ra, barcha eronliklar o‘z norozilik va shikoyatlarini tinch yo‘l bilan, qo‘rqmasdan ifoda etish huquqiga ega. "Xalqaro huquqda mustahkamlangan so‘z erkinligi, birlashish va tinch namoyishlar huquqlari to‘liq hurmat qilinishi va himoya qilinishi kerak", deydi BMT rahbari.

U Eron rasmiylarini maksimal darajada vazmin bo‘lishga, "keraksiz yoki nomutanosib" kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirgan. Shu bilan birga, Tehronni axborotga kirishni ta’minlashga, jumladan, aloqa va internetni tiklash choralarini ko‘rishga da’vat etgan.

Yevropa Parlamenti prezidenti Roberta Metsola ham Erondagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. U ijtimoiy tarmoqlarda "ko‘chalarga chiqqan jasur qizlar, talabalar, erkaklar va ayollar"ga murojaat qilib, "xalqidan qo‘rqadigan har qanday rejim mulogotni to‘sadi", deb ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Eron rahbariyatiga qarshi omaviy norozilik namoyishlari 2025 yil 28 dekabrdan beri davom etmoqda. Qattiq xavfsizlik choralari va internet cheklovlariga qaramay, namoyishchilar Tehron va boshqa yirik shaharlar ko‘chalariga chiqishda davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 13:36

    Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil qilinadi

    Sinov tariqasida bitta okrug tashkil etilib, 2–3 yil davomida sinovdan o‘tkaziladi.

    '“Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 13:26

    “Xalq nomidan”: Viktoriya Bonya Putinga keskin murojaat qildi

    Bloger Viktoriya Bonya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ijtimoiy muammolar yuzasidan ochiq videomurojaat yo‘lladi.

    'Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 08:12

    Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

    Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in benzin ta’minoti bo‘yicha xavotirlarni kuchaytirdi.

    'Samarqandda sirli o'lim: bloggerning otasi ruhiy shifoxonadan qaytgach vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 06:32

    'Turkiyada maktabda otishma: 9 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 16.04.2026 03:40

    Turkiyada maktabda otishma: 9 kishi halok bo‘ldi

    Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi maktabda yuz bergan otishma oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi.