AsosiyJamiyat

Хорижда вафот этган ўзбекистонликларни ватанга қайтариш баҳонасида пул йиғаётганлар огоҳлантирилди

Migratsiya agentligi jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi.

'Хорижда вафот этган ўзбекистонликларни ватанга қайтариш баҳонасида пул йиғаётганлар огоҳлантирилди'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda bo‘lib turgan vaqtida vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini vatanga olib kelish uchun turli plastik kartalar raqamlariga pul yig‘ish holatlari ko‘paymoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Agentlikning bildirishicha, ayrim shaxslar eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik bilan shug‘ullanmoqda. Bunday holatlar jamiyatda ishonchsizlik va chalg‘itishga olib kelayotgani ta’kidlangan.

Migratsiya agentligi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bunday chaqiriqlarga ishonmaslikka va hech qanday holatda pul o‘tkazmaslikka chaqirdi. Qonuniy va ishonchli yo‘l sifatida faqat rasmiy davlat organlariga murojaat qilish tavsiya etildi.

Shuningdek, agentlik eslatishicha, agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etsa, uning jasadini vatanga olib kelish Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Buning uchun marhumning yaqinlari yoki vakillari Migratsiya agentligiga bevosita murojaat qilishi lozim.

    Boshqa yangiliklar