AsosiyJamiyat

Bugun harorat 15 darajagacha ko'tariladi

10 yanvar kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun harorat 15 darajagacha ko'tariladi'ning rasmi

O'zgidromet 10 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlaridahavo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5daraja sovuq, kunduzi 5-10daraja iliq bo'ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:04

    '5 yil oldin "prava" olganlar uchun qayta imtihon bo'ladimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:12

    5 yil oldin "prava" olganlar uchun qayta imtihon bo'ladimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu savolga rasmiylar javob berdi.

    'Telegramda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan yigit qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'Toshkent viloyatidagi maxsus bog‘chada bolalar tarbiyachi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:06

    Toshkent viloyatidagi maxsus bog‘chada bolalar tarbiyachi tomonidan kaltaklandi

    Ҳолат юзасидан Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги расмий маълумот берди.