AsosiyJamiyat

Buxoroda voyaga yetmagan qizlar "samosud" qilindi

Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

'Buxoroda voyaga yetmagan qizlar "samosud" qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda qizlar 3 kishi bo‘lib, bittasini samosud qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, 2009 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan voyaga yetmagan K.Z. hamda 2008 yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan voyaga yetmagan B.O. o‘rtasida avvaldan mavjud kelishmovchiliklar sababli, 2026 yilning 7 yanvar kuni soat 9:00 lar atrofida Buxoro shahar “Favvoralar maydoni”ga yaqin hududdagi “M.Iqbol” ko‘chasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Janjalda 2005 yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan N.Sh. hamda 2005 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan T.S. ham faol ishtirok etib, voyaga yetmagan B.O. bilan birgalikda voyaga yetmagan K.Z. ga turli tan jarohatlari yetkazgan. Ushbu holat janjalda ishtirok etgan 2004 yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan M.S. tomonidan videotasvirga olinib, 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan B.O. tomonidan o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yuqorida nomlari keltirilgan shaxslarning shunga o‘xshash yana bir nechta janjalli holatlarga aloqadorligi aniqlandi.

“Keltirib o‘tilgan barcha holatlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakuniga ko‘ra taqdim etiladi”,— deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar