AsosiyJamiyat

Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi

Hodisa Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan.

'Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

8 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Onix va GAZ-63 rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, soat 05:00 lar atrofida Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘lida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Onix avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatsiz turgan GAZ-63 yuk mashinasiga borib urilgan.

YTH oqibatida Onix avtomobilining yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazm viloyatida Nexia va Lacetti avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida Nexia haydovchisi halok bo‘lgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Avtomashina yoqilg‘i bakidan katta miqdorda narkotik moddalar topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:17

    Avtomashina yoqilg‘i bakidan katta miqdorda narkotik moddalar topildi

    Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida joylashgan “Ravot” chegarabojxona postida narkotik moddalarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.

    'Buxoroda voyaga yetmagan qizlar "samosud" qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:51

    Buxoroda voyaga yetmagan qizlar "samosud" qilindi

    Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

    'Тожикистонда содир бўлган зилзила Ўзбекистонда ҳам сезилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:42

    'Toshkentda qoidabuzar haydovchi uchta avtomobilni urib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 17:33

    Toshkentda qoidabuzar haydovchi uchta avtomobilni urib ketdi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'AQSHda ICE xodimi tomonidan ayol o‘ldirilishi ortidan omma noroziliklari boshlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 15:11

    AQSHda ICE xodimi tomonidan ayol o‘ldirilishi ortidan omma noroziliklari boshlandi.

    Mahalliy va federal hokimiyatlar voqea yuzasidan qarama-qarshi bayonotlar bermoqda.

    'Samarqandda ayol tug‘urug‘xona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutisiga tashlab ketdimi?'ning rasmi

    Jamiyat 08.01.2026 14:07