AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda metan “zapravka”larning ish vaqtiga vaqtincha cheklov kiritildi

Cheklov magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi bilan bog‘liq.

'O‘zbekistonda metan “zapravka”larning ish vaqtiga vaqtincha cheklov kiritildi'ning rasmi

8 yanvardan boshlab respublika bo‘ylab metan "zapravka"lar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Cheklov magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi bilan bog‘liq.

Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi kuzatilayotgani sababli metan "zapravka"lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilmogda. Shu munosabat bilan 8 yanvardan boshlab avtogaz quyish shoxobchalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi.

Qayd etilishicha, mazkur chora aholi xonadonlari, jamoat transporti hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida ko‘rilmogda. Farg‘ona vodiysida esa metan "zapravka"larning ish rejimi gaz bosimi holatidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishib belgilanadi.

Vazirlikka ko‘ra, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqib, cheklovlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Shuningdek, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani, cheklovlar esa vaqtinchalik ekani ta’kidlandi.

    Boshqa yangiliklar