Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, 2024–2025 yillar davomida “Jalolquduq Aviatrans” MChJ bilan bog‘liq shaxslar tomonidan 19 ming 547 nafarb fuqaro noqonuniy ravishda Umraga yuborilgan. Ulardan jami 22 million 846 ming 590 AQSH dollari miqdorida naqd pul olingan.
Tergov davomida Andijon viloyatida tug‘ilgan ayol ushbu jamiyatda norasmiy tur agent sifatida faoliyat yuritib, noqonuniy ziyoratlarni tashkil etgani aniqlandi. Natijada davlat manfaatlariga milliardlab so‘m zarar yetkazilgan, soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qochilgan.
Shuningdek, Saudiya Arabistonida og‘ir ahvolda qolib ketgan 534 nafar fuqaro maxsus reyslar orqali O‘zbekistonga qaytarilgan. Holat yuzasidan 14 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 13 nafari hibsga olingan.






