AsosiyJamiyat

“Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar orqali firibgarlik qilganlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida Telegram va Instagram’da bojxona nomidan soxta sahifalar ochib, fuqarolarni aldab kelgan jinoyiy guruh fosh etildi.

'“Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar orqali firibgarlik qilganlar qo‘lga olindi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB ma’lumotiga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Telegram va Instagram’da “Musodara tovarlar” hamda “Optom sklad” nomlari ostida soxta kanal va guruhlar tashkil etib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlandi. Ular Davlat bojxona qo‘mitasi nomidan chiqib, o‘zlarini tizim xodimlari sifatida tanishtirgan.

Dastlabki tergovga ko‘ra, Andijon viloyatida yashovchi 22–25 yoshli 5 nafar shaxs arzon narxlarda maishiy texnika, gadjetlar va boshqa tovarlarni sotish va’da qilib, 60 nafarga yaqin fuqaroning ishonchiga kirgan. Natijada ular 117 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda metan “zapravka”larning ish vaqtiga vaqtincha cheklov kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:00

    O‘zbekistonda metan “zapravka”larning ish vaqtiga vaqtincha cheklov kiritildi

    Cheklov magistral gaz quvurlarida bosim pasayishi bilan bog‘liq.

    'Rossiya harbiy gospitalida feldsher boʻlib ishlagan oʻzbekistonga sud hukmi oʻqildi.'ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2026 14:50

    Rossiya harbiy gospitalida feldsher boʻlib ishlagan oʻzbekistonga sud hukmi oʻqildi.

    Rossiya Qurolli kuchlari tarkibidagi harbiy gospitalda ikki yil feldsherlik qilgan samarqandlik erkak Oʻzbekistonda sudlanib, 4 yilga ozodligi cheklanish jazosiga hukm qilindi.

    'Chegara kelishuvlarida Shavkat Mirziyoyevning hissasi katta boʻldi — Sadir Japarov'ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2026 11:46

    Chegara kelishuvlarida Shavkat Mirziyoyevning hissasi katta boʻldi — Sadir Japarov

    Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyodagi chegar masalalarini hal etishda O‘zbekiston rahbarining diplomatik sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2026 11:21

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Surxondaryoda kuyov qaynotasini urib o‘ldirgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2026 11:00

    Surxondaryoda kuyov qaynotasini urib o‘ldirgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu mudhish voqea to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlish maqsadida Darak.uz mas’ullarga so‘rov jo‘natdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.01.2026 10:01