AsosiyJamiyat

O‘qituvchilarni navbatchilikka majburlagan maktab direktori ishdan olindi.

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi maktabda o‘qituvchilar tun-u kun navbatchilik qilishga majburlanganidan so‘ng mas’ul rahbar lavozimidan ozod etildi.

'O‘qituvchilarni navbatchilikka majburlagan maktab direktori ishdan olindi.'ning rasmi

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asosida holat o‘rganilgan.

Tekshiruv jarayonida Buvayda tumanidagi 37-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.N. pedagoglarga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan, amaldagi tartiblarga zid bo‘lgan navbatchilik vazifalarini yuklagani aniqlangan.

Shu munosabat bilan 6 yanvar kuni chiqarilgan buyruqqa asosan X.N. egalab turgan lavozimidan ozod etilgan. Boshqarma rahbarlari kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirilgan.

    Boshqa yangiliklar