Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Farg‘ona viloyatida bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kiritilgan jami 32 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonida 4,5 kgdan ortiq opiy va 1 kgdan ziyod gashish aniqlandi. Shuningdek, u ko‘rsatgan geolokatsiya orqali Dang‘ara tumani hududidan qariyb 10 kg opiy musodara qilindi. Boshqa holatda esa Qo‘qonda narkolaboratoriya tashkil etgan 1969 yilda tug‘ilgan shaxsdan 7 kgdan ortiq opiy olindi.
Shu bilan birga, Lacetti va Nexia avtomashinalarida, shuningdek, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ham gashish va opiy moddalari bilan bog‘liq bir nechta jinoyiy holatlar fosh etilgan. Narkotik moddalarning bir qismi 150 million so‘mga sotilayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmogda






