Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li — 20 yoshli Ahmad Qodirov Checheniston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qodirov Telegram-kanali orqali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ahmad Qodirov bir vaqtning o‘zida Respublika Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimini ham egallab turadi. Shuningdek, Milliy siyosat va axborot vaziri Ahmad Dudayev ham Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ahmad Qodirov 2005 yilda tug‘ilgan. U so‘nggi yillarda Checheniston rahbari maslahatchisi, yoshlar siyosati vaziri, jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda “Ahmad” futbol klubi prezidenti lavozimlarida ishlab kelgan.





