AsosiyJamiyat

Xitoyda litsenziyasiz intervyu va yangiliklar tarqatish taqiqlanadi.

Pekin onlayn axborot ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.

'Xitoyda litsenziyasiz intervyu va yangiliklar tarqatish taqiqlanadi.'ning rasmi

Xitoy poytaxti Pekinda internetda yangiliklarni tarqatishga oid qat'iy choralar joriy etilmoqda. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.

CCTV xabariga ko'ra, kampaniya doirasida litsenziyasiz intervyu olish, yangiliklarni to'plash, tahrirlash va nashr etish qat'iyan taqiqlanadi.

Shuningdek, axborotni buzib ko'rsatish, kontekstdan chiqarib talqin qilish hamda jamoatchilikni chalg'ituvchi hisob va nomlardan foydalanishga qarshi choralar ko'riladi.

Rasmiylar bu tadbirlar internetda salbiy kayfiyat, vahima, fitna nazariyalari hamda soxta rasmiy bayonotlar tarqalishining oldini olishga qaratilganini ta'kidlamoqda.

Kampaniya "Toza poytaxt — toza manbalar, haqiqiy ovoz" shiori ostida o'tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar