AsosiyDunyo

New York tarixida ilk bor mer Qur'on bilan qasamyod qiladi

Yangi saylangan mer Zohran Mamdani 2026 yil 1 yanvar kuni rasman lavozimiga kirishadi va qasamyod marosimida Qur'ondan foydalanadi.

'New York tarixida ilk bor mer Qur'on bilan qasamyod qiladi'ning rasmi

Nyu-York shahri tarixida ilk marta shahar meri Qur'on bilan qasamyod qiladi. Saylovlarda g'alaba qozongan Zohran Mamdani 2026 yil 1 yanvar kuni rasman o'z lavozimiga kirishadi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Qayd etilishicha, undan avvalgi merlarning aksariyati lavozimga kirishish chog'ida Injil bilan qasamyod qilgan. Biroq AQSh federal qonunchiligiga ko'ra, qasamyod marosimida diniy kitobdan foydalanish majburiy emas.

Saylovoldi kampaniyasi davomida Mamdani asosan yashash xarajatlarining yuqoriligiga e'tibor qaratgan. U o'zining musulmon e'tiqodini ochiq namoyon etib, shaharning besh tumanidagi masjidlarga tashrif buyurgan va janubiy osiyolik hamda musulmon saylovchilarni faol ovoz berishga safarbar etgan.

Saylovlar yakunlariga ko'ra, ikki oydan kam vaqt ichida byudjeti qariyb 120 milliard dollar bo'lgan va 8,5 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan megapolis boshqaruvi musulmon mer qo'liga o'tadi.

AQSh OAVlariga ko'ra, mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obama Mamdaniga qo'ng'iroq qilib, uni g'alaba bilan tabriklagan.

Ma'lumot o'rnida, Ugandada tug'ilgan Zohran Mamdani AQSh prezidenti lavozimiga nomzod bo'la olmaydi. U o'zini "demokratik sotsialist" sifatida ta'riflab, arzon oziq-ovqat do'konlari tashkil etish, ayrim uy-joylar bo'yicha ijara to'lovlarini muzlatish va avtobus yo'l haqini bekor qilish tashabbuslarini ilgari surmoqda.

Shahar saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra, bu galgi saylovlarda qatnashgan saylovchilar soni 1969 yildan beri ilk bor 2 million kishidan oshgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Zelenskiy Yangi yil tabrigida Rossiya bilan tinchlikka umid bildirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:13

    Zelenskiy Yangi yil tabrigida Rossiya bilan tinchlikka umid bildirdi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yangi yil munosabati bilan qilgan murojaatida tinchlikka ishonch bildirdi va ukrain xalqini birlikka chaqirdi.

    'Ramzon Qodirov Moskvada shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:24

    Ramzon Qodirov Moskvada shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda

    Checheniston rahbarining sog‘lig‘i keskin yomonlashgan, shundan so‘ng u jamoatchilik oldida ko‘rinmay qo‘ygan.

    'AQSh razvedkasi: Ukraina Putin yoki uning qarorgohiga dronlar bilan hujum qilmagan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:56

    AQSh razvedkasi: Ukraina Putin yoki uning qarorgohiga dronlar bilan hujum qilmagan

    AQSh razvedka xizmatlari Kremlning Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yoki uning Valdaydagi qarorgohiga dronlar bilan hujum qilgani haqidagi da'volarini tasdiqlamadi.

    'Putin yanggi yil tabrig‘ida urushga urg‘u berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:08

    Putin yanggi yil tabrig‘ida urushga urg‘u berdi

    Rossiya prezidenti Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushni alohida ta'kidladi va harbiylarni "qahramonlar" deb atadi.

    'Rossiya neftidan chekinish: Hindiston Kolumbiyaga yuzlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:04

    Rossiya neftidan chekinish: Hindiston Kolumbiyaga yuzlandi

    AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari kuchayishi fonida Hindiston neft importini diversifikatsiya qilmoqda.

    '“Walt Disney” jazolandi'ning rasmi

    Dunyo 31.12.2025 12:05

    “Walt Disney” jazolandi

    Kompaniya bolalar maxfiyligini himoya qilish qonunlarini buzganlikda ayblangan.