Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchilar Telegram’da maxsus kanal-bot tashkil etib, shu orqali giyohvandlik vositalarini sotib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv jarayonida ularning yashash xonasidan ashyoviy dalil sifatida 7,9 gramm “marixuana” hamda 22,79 gramm “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari olinib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmogda. Jinoyat ishi tegishliligi bo‘yicha tergov organlariga yuborilgan.






