Prezident qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi. Qaror "2026 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Unga ko‘ra, byudjet tashkilotlari bo‘yicha ijtimoiy soliqning 98 foizi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, qolgan qismi esa Davlat ijtimoiy sug‘urta, Bandlikka ko‘maklashish, Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armalari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasiga yo‘naltiriladi. Boshqa to‘lovchilar uchun esa Pensiya jamg‘armasi ulushi 95,9 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, qarorga muvofiq, 2026 yildan ayrim soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarlgan qismi mahalliy byudjetlarda qoldiriladi. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i va foyida solig‘i to‘liq hajmda, QQS bo‘yicha esa Qoraqalpog‘istonda 100 foiz, qolgan hududlarda 60 foiz mahalliy byudjetga yo‘naltiriladi.






