AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga oʻtadi

30 dekabrdan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchaları uzluksiz ishlay boshlaydi.

'Oʻzbekistonda barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga oʻtadi'ning rasmi

30 dekabrdan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari 24 soatlik ish rejimiga o‘tadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, metan zapravkalar soat 09:00 dan ish boshlaydi va sutka davomida xizmat ko‘rsatadi. Yangi ish tartibi avtotransport egalariga o‘zlari uchun qulay vaqtda, navbatlarsiz yoqilg‘i quyish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi xonadonlari va ijtimoiy ob’ektlarda tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida metan zapravkalar faoliyati vaqtincha cheklangan edi.

    Boshqa yangiliklar