AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

'Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.'ning rasmi

Abdurrahmon Baxtiyev 29 dekabr kuni Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Abdurrahmon Baxtiyev 1984 yilda tug‘ilgan. U 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yilda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Tayinlovgacha, 2019 yildan buyon Prezident administratsiyasida mas’ul xodim lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Poytaxt hokimligi tarkibiy tuzilmasiga mazkur lavozimni kiritish Prezidentning 2025 yil 4 dekabrdagi “Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Shuningdek, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 5 shtat birligidan iborat bo‘lgan Transport tizimini samarali tashkil etishni ta’minlash kotibiyatini shakllantirish ham topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni Elbek Shukurov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan Toshkentning Sergeli tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan, uning o‘rniga Davron Ismatov tayinlangan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:16

    Shavkat Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan nimani muhokama qildi?

    O‘zbekiston etakchisi Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi telefon orqali gaplashdi.

    'Milliy brendimiz — "Premier" poytaxtning eng gavjum nuqtalarida biron-ta nosozliksiz bir million daqiqa davomida to'xtovsiz faoliyat ko'rsatdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    Milliy brendimiz — "Premier" poytaxtning eng gavjum nuqtalarida biron-ta nosozliksiz bir million daqiqa davomida to'xtovsiz faoliyat ko'rsatdi.

    Oʻzbekiston sanoat va ishlab chiqarish sohasida bugun shunchaki oʻsish emas, sifat hamda chidamlilik borasida xalqaro standartlarga toʻliq moslashish davrini ham boshdan kechirmoqda.

    'Andijonda Ukrainada Rossiya tomonda jang qilgan fuqaro sudlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:53

    Andijonda Ukrainada Rossiya tomonda jang qilgan fuqaro sudlandi

    25 yoshli I.X.giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanish va Ukrainada Rossiya tomonda qatnashganligi uchun sud qarorga erishdi.

    'Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,8 mingdan ortiq holat aniqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,8 mingdan ortiq holat aniqlandi.

    Noqonuniy isteʼmol oqibatida davlat manfaʼatlariga 1,2 trillion soʻmdan ziyod zarar yetkazilgani maʼlum qilindi.

    'Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda ushlangan.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:01

    Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda ushlangan.

    Bo‘stonliq tumanida yer hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 5 ming dollar talab qilgan xodim qo‘lga olindi.

    'Isroil "dunyoning eng obroʻsiz mamlakati" deb eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:40

    Isroil "dunyoning eng obroʻsiz mamlakati" deb eʼlon qilindi

    2025 yil global brend reytingida Isroil oxirgi o‘rinni egalladi, mamlakatning xalqaro obro‘yi keskin pasaygan.