Joriy yil davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 2 887 ta holat aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga jami 1 trillion 243 milliard so‘m zarar yetkazilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, talon-toroj qilingan energiya resurslarining 668,9 milliard so‘mi elektr energiyasi, 574,7 milliard so‘mi esa tabiiy gaz hissasiga to‘g‘ri keladi. Holatlarga huquqiy baho berish maqsadida 2 696 ta hujjatlar to‘plami huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 5 296 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan. Neft’ mahsulotlari sifat usti o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida esa AYO‘QSH va korxonalardan olingan namunalar asosida 377 ta holatda 9,3 million litr sifatsiz neft’ mahsuloti aniqlandi, ularning sotuvga chiqarilishi oldi olingan.






