AsosiyDunyo

Suriya qirgʻoqboʻyi hududlarida norozilik namoyishlari boshlandi

Şialar masjidida sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng alaviylar Latakiya va Tartusda ko‘chalarga chiqdi, to‘qnashuvlar qurbonlarga olib keldi.

'Suriya qirgʻoqboʻyi hududlarida norozilik namoyishlari boshlandi'ning rasmi

Suriyada shialarga mansub Imom Ali ibn Abu Tolib masjidida yuz bergan portlash ortidan mamlakatning qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi alaviylar ommaiviy norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Namoyishchilarning talablari orasida alaviylar xavfsizligini kuchaytirish hamda o‘zini o‘zi boshqarish vakolatlarini kengaytirish bor. Noroziliklar Homs shahridagi masjidda juma namozi vaqtida sodir bo‘lgan portlashdan ikki kun o‘tib boshlangan.

Latakiya va Tartus shaharlarida norozilik bildiruvchilar bilan qarshi namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Mahalliy sog‘ligni saqlash idoralariga ko‘ra, hodisalar oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, qariyb 60 nafar fuqaro jarohat olgan. Qurbonlar orasida xavfsizlik kuchlari xodimi ham bor.

Rasmiylar tartibni tiklash uchun qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari jalb etilganini, ayrim hududlarda maydonlar vaqtincha yopilganini ma’lum qildi. Hukumat Homsdagi portlashni qoralab, aybdorlar javobgarlikka tortilishini bildirgan, biroq hozircha gumonlanuvchilar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar