2025 yil 28 dekabr kuni soat 21:15 lar atrofida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanining "Dalvarzin" MFY hududida Lacetti rusumli avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga urildi.
1970 yilda tug‘ilgan haydovchi J.S. rul‘ boshqaruvini yo‘qotgani, to‘qnashuvdan so‘ng esa elektrom simlaridagi qisqa tutashuv sabab avtomobil yonib ketgani ma’lum qilindi.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida fuqarolar jabrlanmagan, biroq transport vositasi to‘liq yonib ketgan. Holat yuzasidan Oltinko‘l tuman FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
IIB JXX YXHB haydovchilardan yo‘lga chiqishdan avval avtomobilning texnik sozligini tekshirishni so‘radi.






