Joriy yilning 20 dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Istanbul shahrida odam savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan uyushgan jinoyiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Tergovga ko‘ra, 1986 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan ayol 2020 yildan buyon Turkiyadagi mehmonxonalarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun qizlar bilan ta’minlab kelgan va guruh yetakchisi bo‘lgan.
Jinoyiy guruh a’zolari yuqori maosh va’dasi bilan ayol-qizlarni Turkiyaga olib borib, u erda ularning pasportlarini tortib olib, majburiy ravishda fohishalikka undagan. Shuningdek, 1988 yilda tug‘ilgan shaxs Samarqandda moddiy tomondan qiyinlangan ayol-qizlarni topib berib, har bir yuborilgan shaxs uchun 400 AQSh dollari olgani aniqlangan.
Tezkor tadbirlar davomida Toshkent xalqaro aeroportida Turkiyaga jo‘natilayotgan ikki nafar ayol to‘xtatib qolingan. Hozirda jinoyiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






