AsosiyJamiyat

АҚШ Нигериядаги ИШИД нишонларига зарба берди

Zarba Nigeriya hukumatining iltimosiga binoan amalga oshirilgan.

'АҚШ Нигериядаги ИШИД нишонларига зарба берди'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump Truth Socialdagi sahifasida Nigeriyadagi IShID pozitsiyalariga “kuchli va halokatli” zarba berilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, hujum terrorchilar tomonidan nasroniylarga qarshi zo‘ravonliklar to‘xtatilmagan sabab amalga oshirilgan.

OAV amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berishicha, harbiy amaliyot Nigeriya hukumat bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan. Trump AQSh uning rahbarligi ostida “radikal islomiy terrorizmga yo‘l qo‘ymasligini” qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Nigeriyada so‘nggi yillarda diniy ziddiyatlar kuchayib, ommaviy qotilliklar qayd etilgan. Mamakat rasmiylari esa Nigeriyani diniy bag‘rikenliksiz davlat sifatida talqin qilishni rad etib, zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash davom etishini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar