Mutaxassislar yaqin yillarda millionlab ish o‘rinlari yo‘qolishini, ammo ularning o‘rniga yangi kasblar paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda.
Jahon iqtisodiy forum ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilgacha dunyo bo‘yicha qariyb 92 million ish o‘rni yo‘qoladi. Eng katta xavf takroriy va oldindan bashorat qilinadigan ish turlariga to‘g‘ri keladi. Bank kassirlari, pochta xodimlari, ma’lumot kirituvchilar, buxgalterlar, sayohat agentlari va boshqa qator kasblar avtomatlashtirish va sun’iy intellekt sabab qisqarishi mumkin.
Biroq jarayonning ijobiy tomoni ham bor: 2030 yilgacha 170 milliondan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmqoda. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, yashil energetika va ma’lumotlar bilan ishlashga oid kasblarga talab oshadi.
Mutaxassislar kelajakda raqobatbardosh bo‘lish uchun yangi ko‘nikmalarni o‘rganish, raqamli savodxonlikni oshirish va faqat bitta kasbga bog‘lanib qolmaslikni tavsiya qilmoqda. Kelajakdan qo‘rqish emas, unga moslashish muhim.






